Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Telegramning ushbu yildagi 12-yangilanishida reaksiyalar, xabarlarni tarjima qilish, mavzulashtirilgan QR kodlar, yashirin matn va boshqalar taqdim etiladi.
Telegram animatsiyali va interaktiv emojilarni qoʻshgan birinchi ilova boʻldi. Bu foydalanuvchilarga chatlarda oʻzlarini ifoda etishning tengsiz usullarini taqdim etdi. Endi ayrim emojilardan hech qanday xabar yubormasdan fikrni tez ifodalash uchun reaksiyalar sifatida foydalanish mumkin.
Tezkor reaksiyasini yuborish uchun xabarni ikki marta bosing. kabi yana boshqa reaksiyalar uchun xabarni bir marta bosing (iOS uchun bosib turing). Har bir reaksiya oʻzining unikal animatsiyasi bilan birga aks etadi.
Birlamchi reaksiyangizni boshqa emojiga almashtirishingiz mumkin. Android: Chat sozlamalari > Tezkor reaksiyalar. iOS: Stikerlar va emoji > Tezkor reaksiyalar.
Reaksiyalar shaxsiy chatlarda har doim yoqilgan boʻladi. Guruh va kanallarda adminlar reaksiyalarni yoqish yoki yoqmaslikni va chatda qaysi reaksiya emojisi chiqishini qaror qiladi. Masalan, faqat “Yoqdi” belgisini yoqish yoki tarafdorlar va qarshilar ovozlarini yigʻish mumkin.
Guruh va kanallar adminlari reaksiyalarni chat profilida yoqishi mumkin: Tahrirlash > Reaksiyalar. Yana boshqa fikr-mulohaza variantlari uchun kanal fikrlari va moslashuvchan sozlamalarga ega soʻrovnomalarni sinab koʻring.
Kino yangiliklarini muddatidan oldin oshkor etilishidan xavfsiramasdan muhokama qilish uchun yozilgan xabarning bir qismini tanlashingiz va “Yashirin” formatlashni tatbiq qilishingiz mumkin. Bunda matnning tanlangan qismi chatda, shuningdek, chatlar roʻyxati va bildirishnomalarda berkitiladi.
Yashirin matnni koʻrish uchun shunchaki uning ustiga bosing.
Butun dunyo boʻylab yarim milliarddan ortiq inson Telegramdan nafaqat tanishlari bilan muloqot qilish uchun, balki ommaviy guruhlarda suhbatlashish va turli tillardagi kanallardan yangiliklarni olish uchun ham foydalanadi. Endi ilova ichida istalgan xabarni boshqa tilga tarjima qilishingiz mumkin.
Sozlamalar > Tillar ruknida Tarjima funksiyasi yoqilsa, xabar tanlaganda amallar menyusida mos Tarjima tugmasi qoʻshiladi. Siz yaxshi biladigan istalgan tilni istisno qilishingiz ham mumkin. Bunda ushbu xabarlar uchun tarjima qilish tugmasi berkitiladi.
Tarjima funksiyasidan Telegram ishlaydigan barcha Android qurilmalarida foydalanish mumkin, lekin Apple qurilmalari uchun iOS 15+ talab qilinadi. Mavjud tillar roʻyxati telefoningiz operatsion tizimiga bogʻliq.
Ommaviy foydalanuvchi nomiga ega istalgan foydalanuvchi uchun QR kodlarni yaratishingiz mumkin. Guruhlar, kanallar va botlar uchun ham QR kodlarni yaratish mumkin. Masalan, kimgadir sevimli blog yoki fan klubingizni tezda koʻrsatishingiz mumkin.
QR kodni tezda yaratish uchun foydalanuvchi profili yoki chatdagi ommaviy havola yonidagi yangi QR kod belgisini bosing va mos keluvchi ranglar va naqshlarni tanlang. Shundan keyin QR kodni chop etish, post qilish yoki boshqa ilovalarga ulashish mumkin.
Oʻz foydalanuvchi nomingiz uchun QR kodni Sozlamalar orqali olish mumkin.
masOS uchun Telegramda oʻng tugmani bosish orqali chiqariladigan barcha menyular yangilandi – menyuning har bir bandi uchun yaxshilangan navigatsiya va animatsiyali belgilar qoʻshildi.
Dizaynerlarimiz emojilarining yangi interaktiv versiyalarini kiritdi. Yakkama-yakka chatlarda ularning istalganini yuboring, keyin siz va suhbatdoshingiz uchun uning effektini ishga tushirish uchun emoji ustiga bosing.
Aql bovar qilmas yil uchun barchaga rahmat. 2022-yil yanada yorqinroq boʻladi.
2021-yil, 30-dekabr
Telegram jamoasi