Quvvat tejash rejimi va boshqalar

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Quvvat tejash rejimi va boshqalar

Bu yangilanishda yangi quvvat tejash rejimi, kuchsizroq Android qurilmalari uchun Telegramni optimallash, yanada koʻproq ijro tezligi variantlari va boshqalar taqdim etiladi.

Quvvat tejash rejimi

Telegramning chiroyli animatsiyalari va yengil hajmli effektlari istalgan telefonni kuchli qilish uchun optimallangan, lekin endi ularni batareya xizmat muddatini uzaytirish va unumdorlikni oshirish uchun faolsizlantirish mumkin.

Quvvat tejash rejimini endi batareya maʼlum foizga yetganida muayyan effektlarni faolsizlantirish imkonini beradigan alohida sozlamalar bilan avtomatik yoqiladigan qilib sozlash mumkin.

iOS foydalanuvchilari ham fondagi yangilanishlarni cheklash uchun quvvatni tejash sozlamalaridan foydalanishi mumkin. Lekin buni bajarishni maslahat bermaymiz, chunki ekranda “Yangilanmoqda…” yozuvi ancha koʻproq chiqadi.

Android uchun biz Telegram qanchalik yaxshi ishlashishini koʻrish maqsadida 200 dan ortiq qurilmani qoʻlda sinadik va barcha foydalanuvchilar eng yaxshi taassurot olishini taʼminlash uchun birlamchi sozlamalarni optimalladik.

Sozlamalar > Quvvat tejash ruknida Quvvat tejash rejimini yoki avtomatik ijro, animatsiyalar va effektlar uchun alohida sozlamalarni yoqish yoki faolsizlantirishingiz mumkin.

Ijro tezligi sozlamalari

Telegram foydalanuvchilari bir necha yildan buyon videolar, podkastlar, ovozli va video xabarlar uchun ijro tezligini oʻzgartirishi mumkin. Endi ilovada 0,2x dan 2,5x gacha istalgan ijro tezligini belgilashingiz mumkin – buning uchun 2x tugmasini bosib turish va kerakli tezlikni tanlash kifoya.

Videolar ijro tezligini oʻzgartirish uchun Menu Android yoki Menu iOS belgisini bosing, keyin “Ijro tezligi” bandini bosing va slayderni harakatlantiring.

Kichik guruhlarda xabarni oʻqish vaqti

Kichik jamoalarda hamkorlikni qulaylashtirish uchun 100 tadan kam aʼzoga ega guruhlarda endi xabaringiz har bir kishi tomonidan qachon oʻqilganini koʻrishingiz mumkin.

Taklif havolalarini avtomatik yuborish

Telegram foydalanuvchilari ularni kimlar guruhlarga qoʻshishiga ruxsat berishini boshqarishi mumkin. Agar buni cheklagan kimnidir taklif qilayotgan boʻlsangiz, endi ularga darhol taklif havolasini xabar sifatida yuborishingiz mumkin.

Endi chatlarda taklif havolalari qayerga yoʻnaltirishini koʻrish uchun ularga razm solishingiz mumkin.

Kimlar sizni bevosita guruhlarga qoʻsha olishini boshqarish uchun Sozlamalar > Maxfiylik va xavfsizlik > Guruhlar va kanallar rukniga kiring.

Stiker toʻplamlari uchun dinamik tartib

Avvalgi yangilanishdan boshlab yaqinda ishlatilgan stiker toʻplamlari oson kirish uchun panelning yuqori qismiga oʻtadigan boʻldi. Agar toʻplamlaringiz turgan joyida qolishini xohlasangiz, stikerlar panelida gear belgisini bosing va Dinamik toʻplamlar tartibi bandini faolsizlantiring.

Bot tavsiflari uchun tarjima

Bot foydalanuvchilari endi bot tavsiflarini va “Bu bot nimalar qila oladi?” boʻlimlarini bir nechta tilga tarjima qilish orqali botlarini toʻliq tarjima qilishi mumkin.

iOS uchun ilovada yaxshilangan jildlar

iOS foydalanuvchilari bitta bosish bilan jilddagi barcha xabarlarni oʻqilgan deb belgilashi mumkin. Xabarlarni uzatayotganda jildlardan toʻgʻri chatni tezda topish uchun foydalanish mumkin. Bu yaxshilanishlar keyingi yangilanishlarda Android ilovasi uchun ham taqdim etiladi.

Yangi animatsiyali emojilar

Telegram Premium foydalanuvchilari uchun maxsus emojilarning oʻnta yangi toʻplami tayyormi? Boshqacha boʻlishi mumkin emas.

Yangi interaktiv emoji va reaksiyalar

Animatorlarimiz 👾😡😎 🤷‍♀️🤷🤷‍♂️ emojilarining interaktiv versiyalarini qoʻshdi. Yakkama-yakka chatlarda ulardan istalgan birini yuboring, siz va suhbatdoshingiz uchun butun ekran effektini ishga tushirish uchun uning ustiga bosing. Istalgan kishi ushbu emojilardan reaksiyalar sifatida ham foydalanishi mumkin.

Koʻplab tuzatish va yaxshilanishlar

Faqat hech narsa qilmaydiganlar xatoliklardan sugʻurtalangan, asosiysi – ularni oʻz vaqtida bartaraf qilishdir. Bu safar Telegram dasturchilari yangi funksiyalarni joriy qilishni ikki haftaga kechiktirdi va turli platformalar uchun Telegram ilovalaridagi 400 dan ortiq maʼlum xatoliklarni bartaraf qilishga eʼtibor qaratdi.

Biz keyingi yangilanish ustida ishlayotganimizda istalgan kishi bugs.tg.k8s.li/static manzili orqali jamoamizga muammolarni xabar berishi va suggestions.tg.k8s.li/static manzili orqali takliflar bildirishi mumkin.

Unutmang, platforma arizalarni faqat ingliz tilida qabul qiladi. Muammo va takliflaringizni Sozlamalar > Savol berish rukni orqali oʻzbek tilini biluvchi koʻngillilarimizga yuborishingiz ham mumkin.


2023-yil 8-mart
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

미니 앱 2.0: 전체 화면 모드, 홈 화면 아이콘, 지리적 위치 및 10가지 추가 기능

오늘 우리는 미니 앱 역사상 가장 큰 업데이트를 출시합니다. 미니 앱은 전체 화면 모드, 구독 계획, 홈 화면 바로가기, 선물 보내기, 미디어 공유, 문서 작성, 위치 정보 접근, 모션 트래커, 이모지 상태 설정 등을 지원합니다.
17-noy, 2024

개선된 비디오 및 그 외 다수

오늘 업데이트에서는 영상의 더 빠른 로딩, 더 나은 품질 및 새로운 속도 제어 기능, 마지막 편집 타임스탬프, 보낸 메시지에 미디어 첨부, 미니 앱의 증가된 제한, 개발자를 위한 새로운 수익화 옵션 등 다양한 기능이 추가되었습니다.
31-okt, 2024

선물, 검증 플랫폼 및 기타

사용자들은 이제 친구들에게 선물을 보낼 수 있습니다: 선물의 수신자는 자신의 프로필 페이지에 선물을 표시하거나 별로 전환할 수 있습니다. 추가로, 텔레그램은 기업들이 고객의 전화번호를 인증할 수 있는 플랫폼을 출시했습니다: 이 새로운 인증 플랫폼은 사용자가 텔레그램을 통해 코드를 받아 전화번호를 쉽게 확인할 수 있게 하며…
5-okt, 2024

스타 경품 및 기타

오늘 업데이트로 그룹과 채널은 경품 행사에서 Telegram Stars를 상품으로 사용할 수 있습니다. 또한, Telegram 브라우저에서 여는 모든 기사를 이제 Instant View로 변환할 수 있어 읽기 편리합니다.
6-sen, 2024