Kanal koʻrinishi, hikoyalarda postlar va boshqalar

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Kanal koʻrinishi, hikoyalarda postlar va boshqalar

Telegramning bugungi Yangi yil oldi yangilanishida kanallar fon rasmlari, emoji statuslar va profil logotiplarini oʻrnatishi, foydalanuvchilar esa hikoyalarga kanal xabarlarini qayta joylashi mumkin. Telegram Premiumni bir vaqtda bir necha kishiga berish, yutuqli oʻyinlarga qoʻshimcha mukofotlarni kiritish imkoniyati va boshqa koʻplab yangiliklar qoʻshildi.

Kanal koʻrinishini moslashtirish

Kanallar endi obunachilar yoki yutuqli oʻyinlardan olingan ovozlar evaziga erishgan darajasiga qarab koʻrinishini moslashtira oladi.

Xabarlari rangiga qoʻshimcha ravishda, kanal egalari endi kanalni ochadigan barchaga koʻrinadigan profil muqovasiga rang va logotip tanlashi, emoji status va fon rasmi belgilashi mumkin.

Kanallar emoji statuslari uchun Telegram rassomlari yaratgan minglab emojilar orasidan tanlagan holda kanal nomi yoniga animatsiyali qorbobodan tortib sirli hotdoggacha istalgan emojini qoʻshishi mumkin.

Kanalingizni moslashtirish uchun uning profilini oching va Kanal sozlamalari > Koʻrinish rukniga kiring.

Kanal darajasi qanday koʻrinish sozlamalaridan foydalanish mumkinligini belgilaydi. Darajalar kanallarga hikoyalar joylash va maxsus reaksiyalar qoʻshish imkonini ham beradi.

Hikoyalarda postlarni ulashish

Kanallardan xabarlarni endi hikoyalarga qayta joylash mumkin. Bunda harakatlantirish, oʻlchamini oʻzgartirish va bezash mumkin boʻlgan xabar nusxasi qoʻshiladi. Hikoyangizni koʻradigan istalgan kishi kanaldagi xabarni ochish uchun shunchaki bosishi mumkin.

Repostlar rasmlar, fayllar kabi barcha xabar turlarini va hatto ovozli yoki video xabarlarni qoʻllab-quvvatlaydi. Kelgusi yangilanishlarda hikoyalarga repostlar interfaol soʻrovnomalar kabi qoʻshimcha funksiyalarga ega boʻladi.

Xabarni qayta joylash uchun xabar yonidagi Ulashish strelkasini bosing va “Hikoyaga qayta joylash” bandini tanlang.

Katta sondagi Premium hadyalar

Doʻstlaringizni tabriklash uchun endi bir nechta odamga bir vaqtda Telegram Premium hadya qilishingiz mumkin, shu sababli bu yil Yangi yil sovgʻalarini olishga koʻp vaqt ketmaydi.

Sozlamalar ruknida yangi “Premium hadya qilish” boʻlimi bor, unda 10 tagacha foydalanuvchini tanlashingiz va bitta bosish bilan ularga Telegram Premium taqdim etishingiz mumkin. Agar ushbu foydalanuvchilardan birida allaqachon Premium boʻlsa, u hadyani keyinroq faollashtirish yoki doʻstga yuborish uchun saqlashi mumkin.

Premiumni alohida foydalanuvchilarga Profil > ⋮ / ⋯ > Premium hadya qilish ruknidan ham hadya qilish mumkin.

Yutuqli oʻyinlarda maxsus hadyalar va gʻoliblar roʻyxati

Yutuqli oʻyinlar oʻtkazayotgan kanallar endi uzoqroq davomiylikni belgilashi va burritolardan tortib Bugattilargacha qoʻshimcha mukofotlar qoʻshishi mumkin.

Yanada koʻproq shaffoflik uchun yutuqli oʻyin oʻtkazuvchilar yutgan hisoblarni eʼlon qilish uchun “Gʻoliblarni koʻrsatish” bandini yoqishi mumkin. Agar u yoqilsa, omadli gʻoliblar yangi konfetti bilan toʻldirilgan xabarda eʼlon qilinadi.

Telegram gʻoliblarni tasodifiy tarzda tanlaydi va Telegram Premium hadya kodlarini avtomatik tarqatadi. Kanal adminlari oʻzlari kiritmoqchi boʻlgan har qanday qoʻshimcha mukofotlar uchun javobgar hisoblanadi.

Repostlarni koʻrish va boshqalar

Foydalanuvchilar allaqachon hikoyalarini kimlar koʻrganini bilishi mumkin, kanallar esa hikoyalari qanday unumdorlikka erishganini kuzatish uchun batafsil statistikani olishi mumkin.

Bu yangilanish bilan kanal adminlari endi hikoyalariga reaksiyalarni koʻrishi hamda foydalanuvchilar va kanallar hikoyalarini kimlar qayta joylaganini bilishi mumkin.

Hikoyalar uchun rasm qirqmalari

Galereyangizdagi rasmlarni hikoyalar ustiga joylash mumkin va endi uy hayvonlaringiz, doʻstlaringiz va afsonaviy artifaktlar rasmlaridan fonni olib tashlashingiz mumkin.

Hikoyaga rasm qoʻshish uchun hikoyalardagi stikerlar panelini oching va rasm belgisini bosing. Keyin fonni olib tashlash uchun rasmni tanlang, menyudagi > belgisini bosing va “Qirqish” bandini tanlang. Bu funksiya iOS 17+ yoki Google Play xizmatlari oʻrnatilgan Android 7+ ni talab qiladi.

Bugungi yangilanish uchun yangiliklar shular, lekin biz yil oxirigacha Qorbobo qopiga yana bir nechta yangilanishni sigʻdirishga harakat qilamiz.

Kirib kelayotgan Yangi yil bilan!


2023-yil, 23-dekabr
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

미니 앱 2.0: 전체 화면 모드, 홈 화면 아이콘, 지리적 위치 및 10가지 추가 기능

오늘 우리는 미니 앱 역사상 가장 큰 업데이트를 출시합니다. 미니 앱은 전체 화면 모드, 구독 계획, 홈 화면 바로가기, 선물 보내기, 미디어 공유, 문서 작성, 위치 정보 접근, 모션 트래커, 이모지 상태 설정 등을 지원합니다.
17-noy, 2024

개선된 비디오 및 그 외 다수

오늘 업데이트에서는 영상의 더 빠른 로딩, 더 나은 품질 및 새로운 속도 제어 기능, 마지막 편집 타임스탬프, 보낸 메시지에 미디어 첨부, 미니 앱의 증가된 제한, 개발자를 위한 새로운 수익화 옵션 등 다양한 기능이 추가되었습니다.
31-okt, 2024

선물, 검증 플랫폼 및 기타

사용자들은 이제 친구들에게 선물을 보낼 수 있습니다: 선물의 수신자는 자신의 프로필 페이지에 선물을 표시하거나 별로 전환할 수 있습니다. 추가로, 텔레그램은 기업들이 고객의 전화번호를 인증할 수 있는 플랫폼을 출시했습니다: 이 새로운 인증 플랫폼은 사용자가 텔레그램을 통해 코드를 받아 전화번호를 쉽게 확인할 수 있게 하며…
5-okt, 2024

스타 경품 및 기타

오늘 업데이트로 그룹과 채널은 경품 행사에서 Telegram Stars를 상품으로 사용할 수 있습니다. 또한, Telegram 브라우저에서 여는 모든 기사를 이제 Instant View로 변환할 수 있어 읽기 편리합니다.
6-sen, 2024